Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Belarus Mudofaa vazirligi dushanba kuni Rossiya yadroviy qurollari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi. Bu qo‘shni Ukraina tomonidan keng qoralanishga sabab bo‘ldi.

2023-yilda, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqinidan bir yil o‘tib, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya taktik yadroviy raketalarini joylashtirishga rozi bo‘lgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin raketalardan foydalanish ustidan Moskva nazoratini ta’kidlagan.

2024-yilda Kreml yangilangan yadroviy doktrinani e’lon qilib, Belarussni Rossiya yadroviy soyaboni ostiga olgan. Belarus Rossiya, Ukraina va NATO ittifoqining uch a’zosi bilan chegaradosh.

Belarus Mudofaa vazirligi bayonotida mashg‘ulotlar mamlakatning turli hududlarida yadroviy qurollarni joylashtirishga tayyorligini sinovdan o‘tkazishini ma’lum qildi. “Trening davomida Rossiya tomoni bilan hamkorlikda yadroviy o‘q-dorilarni yetkazib berish va ulardan foydalanishga tayyorlash amaliyoti o‘tkaziladi”, deyiladi bayonotda.

Vazirlik mashg‘ulotlar hech qaysi davlatga qarshi qaratilmaganini va mintaqada xavfsizlikka tahdid solmasligini ta’kidladi. Biroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu mashg‘ulotlarni keskin qoralab, G‘arb ittifoqchilarini Rossiya va Belarussga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Ukraina vazirligi bayonotida: “Kreml Belarussni NATO chegaralari yaqinida yadroviy poligonga aylantirib, butun dunyoda yadroviy qurol tarqalishini de-fakto qonuniylashtirmoqda va boshqa avtoritar rejimlar uchun xavfli pretsedent yaratmoqda”, dedi.

O‘tgan hafta Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskva Belarussni Ukraina urushiga chuqurroq jalb qilishga intilayotganidan ogohlantirgan edi. U Rossiya Belarussdan Ukraina yoki NATO a’zosiga hujum qilish rejalarini ko‘rib chiqayotganini taxmin qilgan. Kreml esa dushanba kuni Zelenskiyning ayblovlarini rad etdi.

Source: www.dw.com