Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

SpaceX kompaniyasi 20-may kuni AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) dastlabki ommaviy joylashtirish (IPO) uchun ariza topshirdi. Deutsche Wellening xabariga ko‘ra, bu joylashtirish tarixdagi eng yirik bo‘lishi mumkin va kompaniyaga 75 milliard dollargacha jalb qilish imkonini beradi.

Agar ma’qullansa, aksiyalar Nasdaq birjasida SPCX tickeri bilan joylashtirilishi kutilmoqda, savdolar esa iyun oyida boshlanishi mumkin. Agentlikning SECga taqdim etilgan hujjatga tayanib xabar berishicha, IPOdan so‘ng Ilon Mask kompaniyaning bosh direktori, texnik direktori va direktorlar kengashi raisi lavozimlarini saqlab qoladi.

Kompaniyaning 24 yillik tarixida birinchi marta oshkor qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda SpaceX daromadi 18,7 milliard dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, operatsion zarar 2,6 milliard dollarga yetgan.

AFP agentligi ta’kidlashicha, zarar yangi avlod raketalari va sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqishga katta sarmoya kiritilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, kompaniya yaqin kelajakda potentsial aktsiyadorlarga dividend to‘lashni rejalashtirmayotgani qayd etilgan.

Source: kun.uz