Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida AQSh va Eron yana o'zaro zarba almashdi. Amerikaning harbiy manbalariga ko'ra, AQSh kuchlari to'rtta Eron uchuvchisiz samolyotini yo'q qilgan va Eron janubidagi Bandar-Abbos shahri yaqinidagi dronlarni boshqarish stansiyasiga zarba bergan.

Bunga javoban, Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (IRGC) kuchlari, Tasnim agentligi ma'lumotlariga ko'ra, Hormuz bo'g'ozidan o'tishga urinayotgan Amerika neft tankeriga qarata o't ochgan. Hodisadan so'ng kema yo'nalishini o'zgartirishga va orqaga qaytishga majbur bo'lgan.

Bundan tashqari, IRGC mintaqadagi Amerika harbiy bazalaridan biriga zarba berilganini e'lon qilgan. Eron ob'ektining aniq joylashuvi oshkor etilmagan.

Hujumlar haqidagi xabarlar fonida Quvayt armiyasi mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari raketa va dronlarni tutib olish uchun ishga tushirilganini ma'lum qilgan.

Eron harbiylari "tajovuz" takrorlansa, "yanada qat'iy javob" berilishi haqida ogohlantirgan. Tehronda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar uchun "tajovuzkor" aybdor deb hisoblanmoqda.

Source: kun.uz