Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 26 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qilib, Lionel Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida jamoa sardori sifatida ishtirok etishini tasdiqladi. 38 yoshli futbolchi oltinchi turnirida qatnashadi.

Messining ishtiroki oldin shubha ostida edi, chunki u “Inter Mayami” safida jarohat olgan edi. So‘nggi o‘yinda u 73-daqiqada maydonni tark etgan va uning chap son mushagida charchoq aniqlangan. Skaloni jarohatni jiddiy emas deb baholagan bo‘lsa-da, qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi aytilgan.

Tarkibda 2022 yilgi g‘olib jamoadan 17 nafar futbolchi saqlanib qolgan. Jumladan, tizzasidan jarohat olgan Kristian Romero ham chaqirilgan. Yosh futbolchilardan Nikolas Paz va Valentin Barko ilk bor chaqiruv oldi.

Real Madridning 18 yoshli yulduzi Franko Mastantuono tarkibga kiritilmadi. Shuningdek, Emiliano Buendiya va Paulo Dibala ham jamoadan joy olmadi.

Argentina guruhi Jazo‘r, Avstriya va Iordaniyadan iborat. Jamoa 6-iyun kuni Gonduras va 9-iyun kuni Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Source: www.aljazeera.com