Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Parijning «PSJ» klubi ikkinchi yil ketma-ket UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. Finalda «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi.

Keskin kechgan hal qiluvchi o‘yin asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi. O‘yinning oltinchi daqiqasida Kay Haverts London klubini oldinga olib chiqdi, ammo ikkinchi bo‘limda parijliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. 65-daqiqada Usman Dembele penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha vaqtda g‘alaba goli urilmadi, shuning uchun kubok taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. «PSJ» futbolchilari 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, Yevropaning asosiy klub kubogini yana qo‘lga kiritishdi.

Fransuz klubi uchun bu Chempionlar Ligasidagi ikkinchi ketma-ket zafar. O‘tgan mavsumda parijliklar finalda «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Bu yilgi yo‘lda «PSJ» «Monako», «Chelsi», «Liverpul» va «Bavariya»ni ham ortda qoldirdi.

Source: kun.uz