Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari A guruhi ikkinchi turida 1:1 hisobida durang qayd etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Chexiya hisobni 6-daqiqada Michal Sadilekning goli bilan ochdi. Janubiy afrikaliklar uzoq vaqt davomida o‘yinni tenglashtira olmadi, ammo 83-daqiqada penaltidan Teboho Mokoena aniq zarba berib, JARni ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan qutqardi.

Uchrashuv Atlantada bo‘lib o‘tdi. Ikkala jamoa uchun ham bu durang turnirdagi ilk ochko bo‘ldi. Birinchi turda Chexiya Janubiy Koreyaga, JAR esa Meksikaga yutqazgan edi.

Ikki turdan so‘ng Chexiya va JAR guruhdan chiqish imkoniyatiga ega, ammo ahvoli murakkabligicha qolmoqda. Yangi formatda pley-offga har guruhning eng yaxshi ikki jamoasi bilan birga uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi jamoa ham chiqadi.

So‘nggi turda Chexiya Meksika bilan, JAR esa Janubiy Koreya bilan to‘qnash keladi. Ikkala jamoa ham turnirda davom etish uchun g‘alabaga muhtoj.

Source: podrobno.uz