Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

22-iyundan boshlab Vyetnam barcha xorijiy fuqarolar uchun elektron ro‘yxatdan o‘tishni (Pre-Arrival Information) majburiy qiladi.

Elektron kelish kartasi (PAI) prearrival.immigration.gov.vn davlat portalida to‘ldiriladigan onlayn so‘rovnomadir. Uni Vyetnam aeroportiga kelishdan kamida 72 soat oldin to‘ldirish kerak.

Formani to‘ldirish uchun rus tilida mavjud bo‘lgan saytga o‘tish, shaxsiy ma’lumotlar, viza va sayohat haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim.

So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, QR-kod hosil bo‘ladi. Uni telefonda saqlash yoki chop etish va chegara nazoratida ko‘rsatish kerak.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 23-iyundagi HY561 reysidan boshlab barcha yo‘lovchilar uchun yangi talab qo‘llanilishini ma’lum qildi.

Deklaratsiyani oldindan to‘ldirish immigratsiya nazorati zonasida kutish vaqtini qisqartirishga, shuningdek, Vyetnam qoidalariga muvofiq tez va qulay kirishga yordam beradi.

Source: uznews.uz