Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qatar poytaxti Doha yaqinidagi Ras-Laffan sanoat zonasida joylashgan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) ishlab chiqarish zavodida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 66 kishi jarohatlandi. Bu haqda Qatar Energetika vazirligiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Halokat 21-iyun kuni kechqurun sodir bo‘lgan. QatarEnergy kompaniyasining ma’lum qilishicha, portlashga Barzan gazni qayta ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqarishni ishga tushirish vaqtidagi “texnik insident” sabab bo‘lgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in ishchilar mart oyidagi Eron raketa hujumidan keyin to‘xtatib qo‘yilgan korxona faoliyatini qayta tiklayotgan paytda boshlangan. Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, u Ras-Laffandan 70 kilometrdan ko‘proq uzoqlikda joylashgan Dohaning markaziy qismida ham sezilgan, deya qo‘shimcha qildi agentlik.

Hodisa yuzasidan tergov boshlandi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Zavod faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Source: www.gazeta.uz