Shotlandiya milliy partiyasining (SNP) sobiq ijrochi direktori Piter Merrell 400 ming funt sterlingdan ortiq partiya mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun besh yildan ortiq muddatga qamaldi. U 2010-2023 yillar davomida partiya hisobidagi pullarni avtomobillar, hashamatli uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto kemping avtomobili sotib olishga sarflagan.
Merrellning rafiqasi Nikola Sterdjon o‘sha paytda Shotlandiyaning birinchi vaziri bo‘lib ishlagan. U 2023-yilda to‘satdan iste’foga chiqqan va partiya moliyaviy tekshiruvi doirasida hibsga olingan, ammo keyinchalik aybsiz deb topilgan.
Sudya Endryu Yang Merrellni “ishonchni suiiste’mol qilish” va “hisoblangan jinoyat”da ayblab, besh yil uch oylik qamoq jazosini tayinladi. Sudya, shuningdek, bu jazo boshqa yirik tashkilotlar rahbarlari uchun ogohlantirish bo‘lishini ta’kidladi.
Merrellning advokati Jon Skallion sobiq siyosatchining “deyarli to‘liq izolyatsiyada” yashaganini va sobiq hamkasblari tomonidan chetlashtirilganini aytdi.
Sterdjonning advokati orqali tarqatilgan bayonotda uning eri tomonidan “aldangan”ligi va u hech qanday jinoyatda ayblanmaganligi qayd etildi. Biroq, ba’zi kuzatuvchilar uning “hech narsadan xabari yo‘q” degan da’vosiga shubha bilan qarashmoqda.
Hukumat endi o‘zlashtirilgan pullarni qaytarish uchun jinoyat daromadlarini musodara qilish choralarini ko‘radi.
Source: www.dw.com