Chorshanba kuni Venesuelada ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Aholi punktlari, ayniqsa poytaxt Karakasning shimolida joylashgan La Guaira shahri jiddiy zarar ko‘rdi.
Havodan olingan videolarda ko‘p qavatli binolarning butunlay qulaganini ko‘rish mumkin. Shahar ko‘chalari vayronalar bilan to‘lib, qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Venesuela hukumati favqulodda holat e’lon qildi va yordam ishlarini muvofiqlashtirish uchun maxkur hududga harbiy kuchlarni yubordi. Qurbonlar soni hozircha noma’lum, ammo rasmiylar vayronalar ostida qolganlar bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.
Zilzila epitsentri Karib dengizida, taxminan 20 km chuqurlikda joylashgan. Seysmologlar bu mintaqada takroriy silkinishlar ehtimolini istisno qilmayapti.
Source: www.bbc.co.uk