Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning Vashington shtatidagi Sietl shahrida yashovchi o‘zbekistonliklar tashabbusi bilan “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.

Tashkilotning yuridik maqomi Vashington shtati davlat kotibi Stiv Xobbs tomonidan tasdiqlangan. Hozirda shtatda 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Sietl va uning atrofidagi yirik texnologik va transmilliy kompaniyalarda, jumladan Microsoft, Amazon, Google, Boeing, Oracle va NVIDIA’da ishlaydi.

“O‘zbek mahallasi” raisi etib Musa Xolmuradov tayinlandi. U AQSh davlat boshqaruvi tizimida 15 yillik tajribaga ega bo‘lib, shtatning axloq tuzatish muassasalari departamentida rahbarlik lavozimida ishlaydi.

Birlashmaning asosiy vazifalari: vatandoshlarni birlashtirish, milliy bayramlar va madaniy tadbirlarni o‘tkazish, AQShga yangi kelgan o‘zbekistonliklarning ijtimoiy moslashuviga yordam berish, shuningdek, yoshlar orasida ona tili, an’ana va madaniy qadriyatlarni saqlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi o‘zbekistonliklar mahalliy qonunlarga rioya qilish va mamlakat obro‘sini asrashga chaqirilgan edi. Konsullik o‘zbekistonlik fuqarolarga zarur huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Source: podrobno.uz