Fransiyalik DJ Kavinsky, asl ismi Vinsent Belorjey, 29-iyul kuni Parijdagi uyida o‘lik holda topildi. Fransiya prokuraturasi o‘lim sabablarini aniqlash uchun tergov boshlanganini ma’lum qildi.
51 yoshga to‘lishiga bir necha kun qolgan musiqachi 2010-yilda chiqarilgan “Nightcall” qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu trek 2011-yilda suratga olingan “Drive” filmida va 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yopilish marosimida yangradi.
Fransiya madaniyat vaziri Ketrin Pegar ijtimoiy tarmoqlarda “Kavinskining to‘satdan yo‘qolishi bilan Fransiya o‘zining eng noyob ovozlaridan birini yo‘qotdi” deb yozdi.
Kavinsky o‘zini ko‘k terili va qizil ko‘zli o‘lik DJ sifatida tasvirlagan. U avtohalokatda halok bo‘lgan va keyin tirik o‘likka aylangan qahramon obrazini yaratgan.
Musiqachi o‘z faoliyatini 2000-yillarning boshida boshlagan, Daft Punk va SebastiAn kabi san’atkorlar bilan birga chiqish qilgan.
Source: www.dw.com