Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Devid Fincher 1962-yil 28-avgustda AQShning Denver shahrida tug‘ilgan. U kinematografiyaga katta hissa qo‘shgan taniqli rejissyor va produser sifatida tanilgan.

Fincher o‘z faoliyatini Jon Korti studiyasida boshlagan, keyinchalik multfilmlar ustida ishlagan. Uning rejissyorlik debyuti “Begona” franshizasining uchinchi qismi bo‘lgan.

1995-yilda suratga olingan “Yetti” filmi tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan va yilning eng kassabop filmlaridan biriga aylangan. Bu film Fincherga katta shuhrat keltirgan.

Fincher Madonna, Maykl Jekson, Jastin Timberleyk va Jey-Zi kabi mashhur xonandalarning kliplarini ham suratga olgan. 1997-yilda “O‘yin” filmini, 1999-yilda esa Chak Palanik romaniga asoslangan “Jang klubi” psixologik trillerini taqdim etgan.

2008-2011-yillarda Fincher “Benjamin Battonning sirli hikoyasi”, “Ijtimoiy tarmoq” va “Ajdarho tatuirovkali qiz” filmlarini chiqargan. Shuningdek, “Zodiak”, “Mank”, “Qo‘rquv xonasi” va “Yo‘qolgan ayol” kabi filmlar ham uning ijodiga mansub.

Fincher televideniye sohasida ham faol: “Sevgi, o‘lim va robotlar”, “Aql ovchisi” va “Qartadan qurilgan uy” seriallarini suratga olgan. Uning uslubi qorong‘u, psixologik va detektiv elementlarga boy.

Ushbu sana munosabati bilan Gazeta o‘quvchilarga rejissyor va produser filmlari asosida test tayyorladi. Testda uning ijodiga oid savollar berilgan.

Source: www.gazeta.uz