Yo'l-patrul xizmati serjanti Xosilbek Eshnazarov Toshkentda o'quvchi haydagan BMW avtomobili urib o'ldirilganidan so'ng Qashqadaryo viloyatida dafn qilindi.
Dafn marosimida vafot etganning qarindoshlari, hamkasblari, shu jumladan Ichki ishlar organlari rahbariyati vakillari ishtirok etdi. Xizmatchi sharafiga qurol bilan salyut berildi.
Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti dafn marosimi fotosuratlarini e'lon qildi.
"Xizmatchining fidoyiligi, vazifasiga sadoqati va jasorati vatandoshlarimizning yuragida abadiy saqlanib qoladi", - departamentning bayonotida ta'kidlangan.
Ilgari BMW M4 avtomobilini haydagan 10-sinf o'quvchisiga qo'yilgan ayblov og'irlashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Source: kun.uz