Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Los-Anjeles xalqaro aeroportida Tayvan rahbari Lay Sindening o‘g‘lini noqonuniy kuzatishda ayblangan shaxsni qo‘lga olganini e’lon qildi. Kaliforniyaning Irvine shahrida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Vanyin Chjan (shuningdek, Xezer nomi bilan tanilgan) Xitoyga uchib ketish arafasida hibsga olingan. Amerika prokuraturasi iddaosiga ko‘ra, u rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan xorijiy agent sifatida faoliyat yuritgan.

AQSh rejimi adliya idoralari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Chjan 2025 yilda Sietl shahriga borgan va u yerda Tayvan yetakchisining o‘g‘li Lay Tin-yuni kuzatib, uning fotosuratlari, videolari hamda avtomobil raqamlari haqidagi ma’lumotlarni Xitoyga yo‘llagan emish. Kaliforniya Markaziy okrugi prokurori yordamchisi Bill Essaili ijtimoiy tarmoqlarda uning fosh bo‘lmaslik uchun maxsus operativ usullardan foydalangani va bosh prokurorni ogohlantirmagani federal jinoyat ekanini da’vo qildi.

Mazkur shov-shuvli hibsga olish Vashington va Pekin o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada chuqurlashib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. AQSh rejimi rasman Tayvan bilan to‘liq diplomatik aloqalarga ega bo‘lmasa-da, orolga qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali mintaqada vaziyatni atayin beqarorlashtirmoqda. Xususan, yaqinda Vashington orol ma’muriyatiga ikki dona yangi F-16V Block 70 qiruvchi samolyotlarini topshirdi, bu esa rasmiy Pekinning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Tayvanni o‘zining ajralmas hududi deb biladi va Pekin orolning to‘liq birlashuvini tarixiy muqarrar jarayon deb hisoblaydi. AQSh rejimining bu kabi josuslik da’volari va mintaqadagi harbiy provokatsiyalari Tinch okeani havzasida yangi geosiyosiy to‘qnashuv xavfini oshirib, tomonlar o‘rtasidagi ishonchsizlikni battar kuchaytirmoqda.

Source: www.aljazeera.com