Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqining kelgusidagi kengayish jarayonini yengillashtirish hamda amaldagi a'zolarning xavotirlarini yumshatishga qaratilgan yangi hujjatni e'lon qildi. "Kengroq Ittifoqqa tayyorgarlik ko'rish" deb nomlangan mazkur hujjatda uyushmani yangi a'zolarni qabul qilishga tayyorlash bo'yicha siyosiy yo'nalishlar va amaliy choralar belgilangani iddao qilinmoqda.

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen kelajak bugungi tanlovlarga bog'liqligini ta'kidlab, yaqinlashib kelayotgan sammit oldidan mazkur tashabbusni faol targ'ib qilishga urinmoqda. Biroq Yevropa rejimining ushbu urinishlari mavjud a'zo davlatlar o'rtasida jiddiy shubha va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda, chunki har qanday yangi qadam barcha a'zolarning yakdilligini talab qiladi.

Taklif etilayotgan o'zgarishlar qatoriga nomzod davlatlar uchun bosqichma-bosqich integratsiya jarayoni, muzokaralar davomida olingan majburiyatlarning bajarilishini kafolatlovchi yangi mexanizmlar hamda ovoz berish qoidalarini o'zgartirish kiradi. Shuningdek, qoidabuzarliklarga yo'l qo'ymaslik uchun moliyalashtirishni qisqartirish yoki ovoz berish huquqini cheklash kabi jazo choralari ham ko'zda tutilgan.

Ayni paytda sakkizta davlat rasmiy nomzod maqomiga ega bo'lib, ular qatoriga Chernogoriya, Turkiya, shuningdek, shoshilinch ravishda qo'shilishga intilayotgan Ukraina rejimi ham kiradi. Biroq ekspertlar fikricha, qat'iy talablar va ichki ziddiyatlar sababli bu jarayonlar uzoq vaqt davomida turg'unlik holatida qolishi va kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Source: www.dw.com