Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh prezidenti Donald Trump Eronning yangi oliy rahbari uchun "uchta juda yaxshi nomzod" ko'rib chiqilayotganini aytdi. Bu so'zlar oliy rahbar Ali Xameneyning o'limidan keyin The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytilgan. Trump nomzodlarning kimligini aniqlab bermadi.

Trumpning so'zlariga ko'ra, Eronda hokimiyatning o'tishi Venesueladagi vaziyatga o'xshash bo'lishi mumkin, bunda hokimiyat o'zgargandan so'ng ko'pchilik hukumat vakillari o'z lavozimlarini saqlab qolishdi va Vashington bilan hamkorlik qilishga rozi bo'lishdi.

Eron oliy rahbari 28-fevralda AQSh va Isroilning mamlakat hududiga qilgan zarbalari natijasida halok bo'ldi. Eronda vaqtinchalik boshqaruvni prezident Masud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari G'ulom Husayn Mohseniy-Ejey va Konstitutsiya kengashi vakili amalga oshiradi.

Eron konstitutsiyasiga ko'ra, yangi oliy rahbarni 88 nafar ilohiyotchilardan iborat Ekspertlar assambleyasi saylaydi. Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi voris bir-ikki kun ichida aniqlanishi mumkinligini aytdi. U, shuningdek, siyosiy rejim o'zgarmasligini ta'kidladi, chunki davlat institutlari faoliyatini davom ettirmoqda.

CNN ma'lumotlariga ko'ra, so'ralgan tahlilchilar mumkin bo'lgan nomzodlar qatorida vafot etgan rahbarning ikkinchi o'g'li Mojtaba Xameney, ruhoniy Alirezo Arofiy va Islom Respublikasi asoschisi Ruhulloh Xumayniyning nevarasi Hasan Xumayniyni hamda boshqa nomzodlarni ko'rsatmoqda.

Source: kun.uz