Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KISR) Yaqin Sharqdagi AQSh bazalariga qilingan hujumlar natijasida 500 dan ortiq amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani yoki yaralanganini e'lon qildi.

Fars agentligi e'lon qilgan bayonotda: "Bahrayndagi AQSh qo‘shinlari joylashgan joyi ikki ballistik raketa bilan hujumga uchradi, boshqa bazalar ham doimiy hujumlarga duch keldi, bu hozirgi kunga qadar 560 amerikalik harbiy xizmatchining o‘limi va yaralanishiga olib keldi", deb yozilgan.

Eronning Tasnim agentligi Birlashgan Arab Amirliklaridagi rezidenturani o‘qqa tutishda oltita yuqori martabali Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) ofitseri yo‘q qilinganligi haqida xabar berdi.

Shu bilan birga, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi faqat uch harbiy xizmatchining o‘limini tasdiqladi, yana besh nafari og‘ir yaralandi. Qo‘mondonlik, shuningdek, Eron raketalarining "Avraam Linkoln" samolyot tashuvchisiga teggani haqidagi xabarlarni rad etib, raketalar hatto kemaga yaqinlashmaganini ta'kidladi. Ilgari KISR samolyot tashuvchiga to‘rtta ballistik raketa bilan hujum qilinganligini bildirgan edi.

Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya shanba kuni AQSh va Isroil tomonidan birgalikda boshlangan. Tel-Avivda zarbalarning maqsadi Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanligini aytdi. Prezident Donald Tramp Eron floti va mudofaa sanoatini yo‘q qilishga va'da berdi, shuningdek, Eron fuqarolarini rejimni ag‘darishga chaqirdi.

Source: kun.uz