Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Portugaliya milliy jamoasining tajribali hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi so'nggi mojaro va murabbiy Jorje Jezushning harakatlari yuzasidan o'z bayonotini e'lon qildi. Futbolchining ta'kidlashicha, oldindan kelishilgan sakkiz banddan iborat bayonot matni matbuot anjumanida o'qib eshittirilishi kerak edi, biroq murabbiy bu kelishuvni buzgan.

️ Ma'lum bo'lishicha, 41 yoshli futbolchi Norvegiyaga qarshi kechgan Millatlar ligasi uchrashuvida maydonga tushirilmagach, terma jamoa yig'inini tark etishga majbur bo'lgan. Ronaldu tushlik paytida murabbiy yordamchisi orqali o'yinga 30 daqiqa tayyorlanish haqida kutilmagan iltimos olganini, garchi bu uning shaxsiy tiklanish rejasiga kirmagan bo'lsa-da, rozilik berganini da'vo qilmoqda.

️ Shuningdek, futbolchi tanaffusdan keyin chigal yozish mashqlarini bajarganiga qaramay, murabbiy uni maydonga chaqirmaganini va bergan va'dasini buzganini iddao qilmoqda. O'yin yakunida muxlislar oldiga bormagani uchun uzr so'ragan sportchi, oradan 48 soat o'tgach bo'lib o'tgan yopiq uchrashuvda vaziyatga oydinlik kiritish bo'yicha kelishuvga erishilganini, ammo bu kelishuv bajarilmaganini ta'kidladi.

Source: kun.uz