Isroil rejimining G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari davom etmoqda, bu esa mintaqadagi gumanitar inqirozni yanada chuqurlashtirdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, uch yillik harbiy harakatlar davomida kamida 74 ming falastinlik halok bo‘lgan, ularning 21 mingdan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi faqat kasalxonalarda qayd etilgan o‘lim holatlarini hisobga olgani sababli, haqiqiy ko‘rsatkichlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Hududdagi infratuzilma deyarli butunlay vayron qilingan. BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi barcha binolarning 82 foizi yo‘q qilingan, tibbiyot muassasalarining esa 94 foizi ishlamay qolgan. Favqulodda vaziyatlar va suv ta'minotidagi uzilishlar aholining kun kechishini o‘ta og‘irlashtirgan bo‘lib, millionlab odamlar boshpanasiz qolgan.
Vashingtondagi Amerika rejimi doimiy hujumlarga qaramasdan, G‘azoda go‘yoki «sulh» amalda ekanini va u saqlanib qolayotganini da'vo qilmoqda. Biroq mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar bu bayonotlarni keskin tanqid ostiga olib, sulh e'lon qilinganidan keyin ham minglab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini qayd etishmoqda.
Source: www.aljazeera.com