Britaniya Yashillar partiyasi Brayton shahrida bo'lib o'tgan yillik konferensiyasida sionizmni irqchilik sifatida e'tirof etish uchun ovoz berdi. Ma'lum qilinishicha, sionizmni “etnomillatchilik siyosiy loyihasi” deb ta'riflovchi ushbu qaror loyihasi 1022 ovoz bilan 813 ovozga qarshi qabul qilingan. Ushbu qadam partiyaning ayrim parlamentariylari hamda sobiq rahbari Kerolayn Lukasning qarshiligiga qaramamay amalga oshirilgani diqqatga sazovordir.
Mazkur ovoz berish jarayoni Britaniya siyosiy doiralarida va ommaviy axborot vositalarida jiddiy norozilik to'lqinini keltirib chiqardi. Ko'plab sharhlovchilar partiyani antisemitizmda ayblab, bu qaror yahudiy aholisi uchun xavf tug'dirishini da'vo qilishdi. Biroq, Yashillar partiyasining ushbu rezolyutsiyasi hech qanday radikal yoki favqulodda holatni e'lon qilmagani, aksincha, sionizmning asl mohiyati mustamlakachilik mafkurasiga borib taqalishi ta'kidlanmoqda.
Tarixiy manbalarga ko'ra, sionizm dastlab ham, hozir ham ko'chmanchi-mustamlakachilik mafkurasi bo'lib qolmoqda va bunday yondashuv tub aholini siqib chiqarishni talab qiladi. Shuningdek, 1975 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ham sionizmni irqchilik va irqiy kamsitish shakli deb e'lon qilgan rezolyutsiyani qabul qilgani, biroq 1991 yilda AQSh rejimi va boshqa g'arb davlatlarining bosimi ostida bekor qilingani eslatib o'tildi.
Britaniya Yashillar partiyasining bu pozitsiyasi G'arb jamiyatida qizg'in bahslarga sabob bo'layotgan bir paytda, Falastindagi real vaziyat va insoniy fojiachiliklar davom etayotgani qayd etiladi. Partiya qabul qilgan qaror yangi tarix yaratmagani, balki mavjud voqelikka o'z nomini bergani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com