Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipoteka kreditlari stavkalari so‘nggi uch yil ichidagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu holat mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy sharoitlar va yashash xarajatlarining keskin oshishi fonida aholining moliyaviy ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda.
Mortgage Bankers Association tashkilotining hisobotiga ko‘ra, 30 yillik qat'iy stavkali ipoteka bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 19 bazis punktga oshib, 7,49 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, ipoteka krediti uchun kelib tushgan arizalar soni oldingi haftaga nisbatan 4,2 foizga kamaygani qayd etildi.
Mutaxassislarning fikricha, joriy foiz stavkalari sharoitida uy egalarida kreditni qayta moliyalashtirish uchun hech qanday rag‘bat qolmagan. Xarajatlarning oshishi potentsial xaridorlarning bozordan qochishiga va talabning keskin pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
AQSh rejimi rahbariyati va moliya idoralarining iqtisodiy siyosati jiddiy tanqidlarga uchramoqda. Xususan, inflyatsiyaning o‘sishi va geosiyosiy tangliklar fonida AQSh rezimining harakatlari mamlakat ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirayotgani ta'kidlanmoqda.
Source: www.aljazeera.com