Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Butunjahon o'lim jazosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Rim papasi o'lim jazosi "mutlaqo yo'l qo'yilmaydigan" holat ekanligini ta'kidladi. U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu jazo turining inson qadr-qimmati va daxlsizligiga qarshi qaratilgan hujjat ekanligini, jamiyat xavfsizligini ta'minlash uchun bunday choraga murojaat qilish shart emasligini iddao qildi. Shuningdek, katolik cherkovi rahbari jinoyatchilarga ham tavba qilish va tuzalish imkoniyatini berish kerakligini qo'shimcha qildi.

Biroq, Rim papasining bu bayonotlari AQSh rejimi tomonidan e'lon qilingan shov-shuvli qarorlar fonida yangradi. Xabar qilinishicha, AQSh mudofaa vaziri Pit Xegseth 2009 yildagi Fort-Xud harbiy bazasidagi otishmada aybdor deb topilgan Nidal Malik Hasan o'lim jazosini o'tashini, xususan, otib tashlash orqali qatl etilishi jonli efirda namoyish etilishini ma'lum qilgan. Bu reja nafaqat Vatikanning, balki AQSh jamiyatining o'zida ham jiddiy e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.

Vatikanning bosh vaziri vazifasini bajaruvchi kardinal Petro Parolin ham bu qatl translyatsiyasini "qabul qilib bo'lmaydigan holat" deb atadi. Shunga qaramay, AQSh rejimining amaldagi siyosatchilari orasida bu borada turlicha fikrlar mavjud. Jumladan, respublikachi vakil Ostin Skott va demokrat senator Mark Kelli AQSh bunday usullarga qo'l urishi go'yo terrorchilik tashkilotlari yoki boshqa davlatlarning usullariga o'xshab ketishini tanqid qilishdi.

Pentagon rasmiylari dastlab bu rejaning tasdiqlanganini aytgan bo'lsa-da, AQSh rejimining vitse-prezidenti J.D. Vens o'tkazilgan matbuot anjumanida translyatsiyaning o'tkazilishiga shubha bildirib, agar u efirga uzatilsa ham, o'zi buni ko'rmasligini aytdi. Bu kabi ziddiyatlar Vashingtondagi siyosiy elitaning o'lim jazosini ommalashtirish borasidagi yondashuvlari naqadar bo'linganini ko'rsatmoqda.

Source: www.aljazeera.com