Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh orqaga surilayotgan geosiyosiy muammolar girdobida qolgan bir paytda, AQSh rejimi rahbari Donald Tramp Ukraina rahbariyatining xatti-harakatlari butun dunyo uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirayotganini iddao qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev rejimi goʻyo AQSh fermerlariga dizel yonilgʻisi taʼminotida qiyinchiliklar keltirib chiqarishni istamoqda, chunki Rossiya jahon bozoriga muhim hajmda dizel yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi.

Endryus bazasida boʻlib oʻtgan brifingda AQSh rahbari Vashington maʼmuriyati Ukrainadan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarba bermaslikni talab qilgani, biroq Vladimir Zelenskiy bu ogohlantirishlarga quloq solmay, oʻz bilganicha ish tutayotganini bildirdi. Trampning taʼkidlashicha, u Ukraina tomoniga neft obʼyektlariga hujumlarni toʻxtatish kerakligini qatʼiy uqtirgan, biroq bu urinishlar natija bermagan.

Shuningdek, AQSh rejimi yetakchisi mavjud inqirozni hal qilish uchun Ukrainaga yangi rahbar zarurligini ochiqchasiga oʻrtaga tashladi. Uning iddao qilishicha, amaldagi hokimiyat tinchlik kelishuviga erishish imkoniyatlarini ataylab qoʻldan boy bermoqda va vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh rahbari Rossiya tomoni bilan telefon orqali muloqot oʻtkazib, Amerika va global bozorlarga yaqin kelajakda millionlab tonna dizel yetkazib berilishi haqida kelishib olgan edi. Oʻz navbatida, Kiyev rejimi Vashingtonning Rossiya dizelini jahon bozoriga qaytarish boʻyicha qarorini keskin qoralab, uni «urushga kiritilgan investitsiya» deb atagan edi.

Source: kun.uz