Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining «World Economic Outlook» maʼlumotlariga tayanib tayyorlangan World Visualized infografikasiga koʻra, 2026-yilda «Katta yettilik» (G7) mamlakatlarining jami nominal yalpi ichki mahsuloti 55,3 trillion dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, BRICS tarkibiga kiritilgan 11 davlatning umumiy iqtisodiy hajmi 35,2 trillion dollarga yetishi prognoz qilinmoqda. Ushbu raqamlar G7 iqtisodiyoti BRICSʼdan qariyb 1,6 baravar katta ekanligini koʻrsatadi, garchi tanqidchilar bunday prognozlarning ishonchliligiga shubha bilan qarashsa ham.

Keltirilgan taxminlarga koʻra, 2026-yilda umumiy jahon iqtisodiyoti hajmi taxminan 126,3 trillion dollarga yetishi kerak. Shundan qariyb 44 foizi G7 davlatlari hissasiga toʻgʻri kelsa, BRICS mamlakatlari esa global iqtisodiyotning 28 foizini egallashi taxmin qilinmoqda. Biroq, ushbu koʻrsatkichlar AQSh rejimi va uning ittifoqchilari yuritayotgan siyosiy hamda iqtisodiy bosimlar fonida keskin oʻzgarib ketishi mumkinligi aytilmoqda.

BRICS birlashmasi doirasida Xitoy yaqqol ustunlikka ega boʻlib, uning nominal YAIM 20,85 trillion dollarni tashkil etishi kutilmoqda — bu uyushma umumiy hajmining qariyb 60 foizidir. Ikkinchi oʻrinni egallagan Hindistonning iqtisodiyoti 4,15 trillion dollarga baholanayotgan boʻlsa, Rossiya va Braziliyaning har biri qariyb 2,6 trillion dollarlik koʻrsatkichga ega boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, roʻyxatga Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Afrika Respublikasi, Misr, Eron va Efiopiya ham kiritilgan.

«Katta yettilik» doirasida esa US rejimi mutlaq ustunlikka ega ekanligi taʼkidlanmoqda. Xususan, US rejimi iqtisodiyoti 2026-yilda 32,38 trillion dollarga yetib, G7 umumiy hajmining qariyb beshdan uch qismini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda. Uning ortidan Germaniya (5,45 trillion dollar), Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada joylashgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblanganda rivojlanayotgan davlatlar, jumladan Xitoy yaxshiroq natijalarni koʻrsatishi mumkin, biroq taqdim etilgan infografika faqatgina noaniq nominal YAIM raqamlariga tayanadi.

Source: kun.uz