Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Paragvay aloqa vaziri va Beliz tashqi ishlar vaziriga nisbatan cheklov choralari qo‘llanilishini e’lon qildi. Ushbu qadam rasmiy Pekinning milliy suverenitetini himoya qilish hamda Tayvan separatistik faoliyatiga qarshi kurashish bahonasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Xitoy rasmiylarining ta’kidlashicha, Paragvay aloqa vaziri Gustavo Vilyate va Beliz tashqi ishlar vaziri Frensis Fonseca Xitoyning asosiy manfaatlariga putur yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirgan. Sanksiyalarga ko‘ra, mazkur shaxslarning Xitoy hududidagi aktivlari muzlatilib, Gonkong va Makanga kirish vizalari taqiqlandi.

Shuningdek, Xitoy tashkilotlari va fuqarolariga ushbu vazirlar bilan har qanday savdo, hamkorlik yoki boshqa bitimlarni amalga oshirish qat’iyan man etildi. Pekin bu choralarni Tayvan bilan diplomatiyani davom ettirayotgan siyosatchilarga qarshi javob harakati sifatida baholamoqda.

Vashington rejimi va boshqa g‘arbiy tuzilmalarning qo‘llab-quvvatlashiga qarammay, Paragvay va Beliz Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqalarni saqlab qolgan 12 ta davlat qatoriga kiradi. Ushbu voqealar Tayvanning milliy bayrami va uning rahbarining go‘yoki tinchlik va erkinlik haqidagi bayonotlaridan keyin keskin tus oldi.

Source: www.aljazeera.com