AQSh federal agentlari Vashington meri yaqinidagi hududda joylashgan, demokrat kongressmen va AQSh rejimining ashaddiy tanqidchisi Ilhon Umarning uyida sud ruxsati bilan tintuv o'tkazdi. Ushbu mojaro mamlakatdagi siyosiy tanglikni yanada kuchaytirib, jamiyatda jiddiy muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
The Associated Press agentligining xabar qilishicha, Milliy xavfsizlik departamentining qidiruv xodimlari dushanba kuni tongda mazkur operatsiyani amalga oshirgan. Adliya vazirligi sud orderi asosida tintuv o'tkazilganini tasdiqlagan bo'lsa-da, tergov obekti kim ekanligini oshkor etishdan bosh tortdi.
Fox News telekanalining manbalarga tayanib xabar berishicha, tergov guyoki Ilhon Umar bolaligida uning marhum otasi taqdim etgan hujjatlar bilan bog'liq immigratsiya firibgarligi da'volariga aloqador bo'lishi mumkin. Umar ilgari bu ayblovlarni qat'iyan rad etgan va hozircha unga nisbatan rasmiy ayblovlar e'lon qilinmagan.
AQSh rejimining yuqori martabali mulozimlari, jumladan, vitse-prezident Jyey Di Vens ilgari hech qanday dalillarsiz Umarni immigratsiya firibgarligida ayblagan edi. Vens va Oq uy rahbariyatining boshqa vakillari kongressmenga qarshi tergovni qanday boshlash kerakligini muhokama qilgani aytilmoqda, biroq bu harakatlarning siyosiy buyurtma ekani haqida ham taxminlar mavjud.
Ushbu tintuv noyabr oyida bo'lib o'tadigan oraliq saylovlar arafasida yuz bergani siyosiy kurashlarning keskinlashganidan dalolat beradi. Kongressmen Ilhon Umar va uning tarafdorlari bu kabi bosimlarni asossiz va siyosiy motivlarga asoslangan deb baholamoqda.
Source: www.aljazeera.com