Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Yamandagi husiylar tomonidan Ar-Riyod shahri tomon otilgan navbatdagi ballistik raketani tutib to‘xtatganini ma’lum qildi. Ushbu hujum mamlakat poytaxti so‘nggi kunlarda o‘nlab odamlarning yostig‘ini quritgan xavfli zarbalar girdobida qolgan bir paytda yuz berdi.
Koalitsiya matbuot kotibi Turki al-Maliki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan bayonotiga ko‘ra, husiylar Ar-Riyodga bitta ballistik raketa, shuningdek, mamlakat janubi-g‘arbidagi Xamis-Mushayt shahriga ikkita raketa uchirgan. Uning ta'kidlashicha, barcha uchta obyekt go‘yo "tutib olingan va yo‘q qilingan", biroq mahalliy aholi dushanba oqshomida poytaxtda bir nechta kuchli portlash ovozini eshitganini xabar qilgan.
Husiylar harbiy vakili Yahyo Sarihning so‘zlariga ko‘ra, asosiy nishon qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport bo‘lgan. Shuningdek, ular Xamis-Mushaytdagi harbiy aviabaza tomon dror yo‘llagani va Saudiya Arabistonidagi aeroportlar xavfli ekanini iddao qilib, xalqaro aviakompaniyalarni parvozlardan voz kechishga chaqirgan.
Vujudga kelgan keskin vaziyat fonida AQSh rahbari Donald Trump husiylarni tanqid qilgan bo‘lsa-da, Vashingtonning mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi dargumon ekanini ko‘rsatdi. O‘z navbatida, AQSh rejimining har qanday arashuvi mintaqadagi Amerika manfaatlariga qarshi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar yangramoqda.
Mintaqaviy aviakompaniyalar, jumladan, Etihad Airways va Gulf Air xavfsizlik chorasi sifatida Ar-Riyodga parvozlarni to‘xtatgan bo‘lsa, AQShning Delta operatori ham rejalashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ortga surishga majbur bo‘ldi.
Source: www.aljazeera.com