Yamanning husiy harakati Saudiya Arabistonining neft ob'ektlari yaqinida ishlayotgan barcha xodimlar va tinch aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurligini e'lon qildi. Ushbu strategik ob'ektlar ularning ta'biricha, guyo "qonuniy nishon" deb e'lon qilindi va mintaqadagi keskinlikning yangi bosqichi boshlanganidan darak beradi.
Seshanba kuni guruh rasmiy vakili Yahyo Sariya tomonidan e'lon qilingan ushbu ogohlantirish Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi al-Sabah markaziy stansiyasini evakuatsiya qilish haqidagi buyrug'iga javoban qilingani aytilmoqda. Koalitsiya kuchlari Sana shahrida joylashgan neft ob'ektiga havo hujumlarini uyushtirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Shuningdek, xabarlarga ko'ra, Saudiya rejimi tomonidan Ar-riyod va boshqa hududlardagi neft omborlari hamda aeroportlarga qaratilgan hujumlar oqibatida xalqaro parvozlar to'xtatilib, mintaqadagi iqtisodiy va logistika tizimlari jiddiy zarba ostida qolgan. Husiy vakillari agar hujumlar davom etsa, Ar-riyod shahriga nisbatan "qattiq va og'riqli" javob qaytarilishini iddao qilmoqdalar.
Mazkur mojaro fonida Saudiya Arabistoni hukumati husiy harakatiga qarshi harbiy amaliyotlarni davom ettirib, mamlakat xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rmoqda. Biroq, xalqaro ekspertlar mazkur eskalatsiya butun Yaqin Sharq mintaqasidagi barqarorlikka jiddiy xavf solayotgani va iqtisodiy oqibatlar og'ir bo'lishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda.
Source: www.aljazeera.com