Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimi Adliya tizimidagi yillar davomida ochilmagan eng shov-shuvli jinoyatlardan biri boʻyicha uzoq kutilgan hukm chiqarildi. Las-Vegas sudi jinoyat olamida «Kiffi Di» laqabi bilan tanilgan 63 yoshli Dueyn Devisni 1996-yilda mashhur reper Tupak Shakur oʻldirilishi ishi boʻyicha umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Avgust oyi oxirida hakamlar hayʼati uni mazkur jinoyatda aybdor deb topgan edi, bu esa oʻnlab yillar davomida sir saqlanib kelingan jumboqqa nuqta qoʻyishga urinish boʻldi.

Sud qaroriga koʻra, Devis 40 yilgacha muddatidan oldin shartli ozodlikka chiqarishni soʻrash huquqiga ega boʻlmaydi. Sudya Karli Kirni hukmni oʻqib eshittirar ekan, ayblanuvchining oʻtmishdagi qilmishlarini yashirishga urinishlari va oʻzini goʻyo «qayta tarbiyalangan bobo» sifatida koʻrsatishga harakat qilganini keskin tanqid qildi. Uning soʻzlariga koʻra, jinoyatchi birovning hayotiga zomin boʻlib, oqibatda hech narsa boʻlmagandek yashashga haqli emas edi.

Eslatib oʻtamiz, Tupak Shakur 1990-yillarning eng taniqli reperlaridan biri boʻlib, 1996-yil 7-sentabrda atigi 25 yoshida qotillik qurboni boʻlgan edi. U musiqa magnati Merion «Shug» Nayt bilan mashinada ketayotganida, oʻtib borayotgan «Kadillak»dan oʻqqa tutilgan va olgan jarohatlari tufayli vafot etgandi. Ushbu ish AQSh rejimi tarixidagi eng jumboqli ochilmagan jinoyatlardan biri boʻlib qolayotgandi, zero huquq-tartibot idoralarida yetarli dalillar yoʻq edi.

Biroq Dueyn Devisning oʻz intervyulari va yozgan memuarlari orqali tafsilotlarni oshkor qilgani uning «oʻzini sotib qoʻyishiga» sabab boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, Devis 1996-yildayoq soʻroq qilingan Orlando Andersonning amakisi boʻlgan. Anderson voqeadan oldin Tupak bilan mushtlashib qolgan edi, biroq rasmiy ayblov eʼlon qilinmay turib, 1998-yilda otishmada halok boʻlgan edi.

Source: kun.uz