Dunyodagi eng yirik dizel eksportchisi bo'lgan AQSh yuqori narxlardan foyda ko'rayotgan bir paytda, mamlakat ichkarisida iste'molchilar yashash xarajatlarining keskin oshishidan aziyat chekmoqda. Garchi AQSh rahbari Donald Trump va Rossiya rasmiylari o'rtasida yoqilg'i yetkazib berish bo'yicha yangi kelishuv e'lon qilingan bo'lsa-da, tahlilchilar bu choralar muammoning ildiziga yetib bora olmasligini ta'kidlamoqda. Ekspertlarning fikricha, jahon bozorida dizel narxining yaqin orada sezilarli darajada pasayishi dargumon.
Myundxendagi Germaniya iqtisodiyot instituti tashqi savdo eksperti Samina Sultonning so'zlariga ko'ra, qimmatbaho yoqilg'ining asosiy sababi Yaqin Sharqdagi mojarlar va Hormuz hamda Bob al-Mandeb bo'g'ozlaridagi kema qatnovining uzluksiz izdan chiqqanidir. Ushbu geosiyosiy tanglik ishlab chiqarish quvvatlarini izdan chiqardi va yoqilg'i tashishni yanada qimmat hamda xavfli qilib qo'ydi. Trumpning Rossiya bilan tuzgan shartnomasi esa Ukrainadagi vaziyatni yanada chigallashtirib, ikki mojaroni bir-biriga bog'lab yubordi.
Qayd etilishicha, AQSh rejimining so'nggi harakatlari va Rossiyadan dizel importini boshlash haqidagi da'volari ko'plab mutaxassislar tomonidan shubha ostiga olinmoqda. Xom ashyo tahlilchisi Karsten Fritschning ta'kidlashicha, Ukraina va Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar davom etar ekan, ta'minotdagi uzilishlarni bartaraf etish imkonsiz. AQSh hukumati tomonidan e'lon qilingan millionlab barrel yoqilg'i hajmi mamlakatning bir necha kunlik ehtiyojini ham qoplamasligi aniqlandi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasi kabi xaridorlar AQSh rejimining ehtimoliy eksport cheklovlari tufayli yana-da og'ir ahvollar bilan yuzlashishi mumkin. ING bosh iqtisodchisi Karsten Bjeskining ogohlantirishicha, eksport taqiqlari taqchillikni yo'q qilmaydi, aksincha uni boshqa hududlarga ko'chirib, global narxlarning yanada o'sishiga olib keladi. Natijada, Rossiya bilan tuzilgan shubhali bitim faqat siyosiy shou bo'lib qolib, oddiy iste'molchilar dardiga malham bo'la olmaydi.
Source: www.dw.com