Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti J.D. Vens ushbu oyda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari arafasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni ochiq qo‘llab-quvvatlashdan qat'iy bosh tortdi. Jurnalist Mark Xalperin bilan bo‘lgan intervyusida amerikalik mulozim betaraf qolishni ma'qul ko‘rishi hamda barcha e'tiborini mamlakat ichidagi siyosiy jarayonlarga qaratishini bildirdi.
Vensning bu bayonoti AQSh rahbari Donald Tramp Netanyaxuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'qullab, uni qo‘llab-quvvatlaganidan atigi bir kun o‘tib yangradi. Vensning ta'kidlashicha, u nafaqat Isroildagi siyosiy kampaniyaga aralashmoqchi emas, balki faqatgina amerikalik nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Vens Respublikachilar partiyasi doirasida Vashingtonning Isroilga nisbatan so‘zsiz va ko‘r-ko‘rona yordam ko‘rsatib kelayotganiga nisbatan ortib borayotgan norozilik kayfiyatining asosiy timsoliga aylanib bormoqda. Xususan, Isroil rejimi tomonidan mintaqada olib borilayotgan harbiy harakatlar va AQSh-Eron qarama-qarshiligi oddiy amerikalik iste'molchilar uchun iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, AQShning amaldagi siyosiy rahbariyati Isroil rejimiga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etayotgani va Xalqaro jinoiy sudiga nisbatan bosimni kuchaytirgani xalqaro maydon hamda ichki siyosiy doiralarda jiddiy shubha va tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Netanyaxuning "Likud" partiyasi raqobatda qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com