Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiya rahbari Emmanuel Makron Fors korfezi davlatlari bo‘ylab uyushtirayotgan safari doirasida Baxraynga yetib keldi. Ayni paytda Yevropa mamlakati ichki tartibsizliklar, zo‘ravonliklar va ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qolgan bir paytda, Fransiya rejimi rahbari mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va uglevodorod yetkazib berishni kafolatlashga harakat qilmoqda. Safarning asosiy maqsadi AQSh-Isroil ittifoqining Eron bilan olib borayotgan harbiy harakatlari tufayli global yoqilg‘i ta'minotida yuzaga kelgan jiddiy uzilishlar sharoitida neft va gaz zaxiralarini ta'minlashdan iborat.

Safarning ilk kunlarida Fransiya va Quvayt mudofaa, sun'iy intellekt hamda investitsiya sohalarini qamrab olgan sakkizta hamkorlik hujjatini imzolagan edi. Shundan so‘ng Makron Abu-Dabida BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazib, energiya va ilg‘or texnologiyalar yo‘nalishidagi sheriklikni yana-da rivojlantirishga kelishib oldilar. Fransuz tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, BAA Fransiyaning ko‘rfazdagi eng yirik importyor hamkori hisoblanib, 2025-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 10,8 milliard yevroni tashkil qilgan. Shuningdek, Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti ma'lumotiga ko‘ra, Fransiya BAAning qurol-yarog‘ importining 18 foizini ta'minlagan.

Biroq ushbu safarning ortida oddiy savdo-sotiqdan ko‘ra kattaroq geosiyosiy o‘zgarishlar yotgani ta'kidlanmoqda. London qirollik kolleji eksperti Andreas Krigning fikricha, Yevropa davlatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlari Vashingtonning harbiy qarorlariga haddan tashqari qaram bo‘lib qolganini anglab yetmoqda. Frantsiyaning o‘zida esa hukumatning budjetni qisqartirish siyosati, maktablarning og‘ir ahvoli va ish haqining muzlatilishiga qarshi ommaviy namoyishlar tinmayapti. Noroziliklar davomida 2500 dan ortiq odam hibsga olingan, shaharlarda komendantlik soatlari joriy etilgan.

Eron mojarosi fonida yuzaga kelgan energetik inqiroz va Fors ko‘rfazidagi ta'minot uzilishlari Fransiya yoqilg‘i quyish shoxobchalarining 20 foizida benzin va dizel taqchilligiga sabab bo‘ldi. Neft narxining keskin oshishi sharoitida Parij yangi yetkazib beruvchilarni topishga majbur bo‘lmoqda. Tashrif davomida BAA, Baxrayn va Saudiya Arabistoni Fransiyaga oyiga yuz minglab tonna dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Shu bilan birga, Fransiya o‘zining rekord darajadagi milliy qarzi fonida harbiy texnika eksportini kengaytirishga intilmoqda.

Source: www.aljazeera.com