Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimining rahbari Donald Trump Vashington va Nyu-Dehli bir yildan ortiq vaqt davomida muhokama qilinib kelinayotgan savdo kelishuvini yakunlashga yaqin ekanini iddao qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lg‘usi bitim avvalgi shartnomalardan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, biroq bu bayonotlar qanchalik asosli ekani noma'lumligicha qolmoqda.

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot qilgan AQSh rejimi rahbari tomonlar kelishuvga erishishni xohlayotganini va bu jarayon yakuniga yetib qolganini ta'kidladi. Ushbu bayonotlar AQSh rejimi Davlat kotibi Marco Rubio Hindistonga ikki kunlik tashrif bilan kelgan bir paytda yangradi. Ushbu safar ikki davlat o'rtasidagi viza cheklovlari va bojxona tariflari bo'yicha yuzaga kelgan jiddiy ziddiyatlarni yumshatishga qaratilgan urinish sifatida baholanmoqda.

O'z navbatida, tashrif davomida Marco Rubio tariflar Hindistonni jazolash uchun mo'ljallanmagani va viza cheklovlari ham maxsus shu mamlakatga qarshi qaratilmaganini da'vo qildi. Shuningdek, u The Indian Express gazetasiga bergan intervyusida kelishuv yakunlanishiga haftalar qolganini va ishning katta qismi bajarilganini qo'shimcha qildi.

Shunga qaramay, fondagi iqtisodiy va siyosiy bosimlar saqlanib qolmoqda. Marco Rubioning Hindistonga tashrifi doirasida tashqi ishlar vaziri S. Jayshankar bilan muzokaralar o'tkazilib, mudofaa va energetika xavfsizligi masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Hindistondagi norozilik namoyishlariga qarshi kuch ishlatish holatlaridan xavotir bildirib, rasmiylarni vazminlikka chaqirgani vaziyatning murakkabligidan dalolat beradi.

Source: www.dw.com