Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Britaniya rejimining terrorchilikka qarshi bahsli qonunchiligi va uning oqibatlari yana jamoatchilik noroziligiga sabab bo'ldi. Mashhur yozuvchilar, aktyorlar va faollar guruhi ochiq xat eʼlon qilib, irlandiyalik yozuvchi Sally Runining kitoblari Britaniya hududida savdodan olinganini qattiq qoraladi. Imzo chekkanlar orasida Pol Meskal, Syuzan Sarandon, Tilda Suinton kabi taniqli kino yulduzlari, shuningdek, Arundhati Roy va Naomi Klayn kabi adabiyot namoyandalari bor.

Xat mualliflarining taʼkidlashicha, Sally Runi yozuvchi hisoblanadi va uning asarlari jamoatchilik uchun ochiq bo'lishi shart. Britaniya rejimining go'yo terrorchilikka qarshi qaratilgan, aslida esa so'z erkinligini cheklovchi qonunchiligi tufayli kitoblarning sotuvdan olinishi "repressiv absurd" sifatida baholandi. Nashr etilgan maktubda bu holat mamlakatda uzoq vaqt davomida kafolatlangan asosiy erkinliklarga putur yetkazayotgani daʼvo qilinmoqda.

Mojaroga sabab bo'lgan holat yozuvchining Palestine Action tashkilotini ochiq qo'llab-quvvatlagani ortidan kelib chiqqani aytilmoqda. Britaniya rejimi ushbu guruhni terror tashkiloti deb eʼlon qilgan edi. Nashriyot esa muallifga gonorar to'lash imkoni yo'qligi va qonunbuzarlikka yo'l qo'ymaslik uchun kitoblarni sotuvdan olib tashlashga majbur bo'lganini bildirdi. Yaqin kunlarda Oliy sud ushbu taqiq yuzasidan muhim ishni ko'rib chiqishi kutilmoqda.

Source: www.aljazeera.com