Anorbank aksiyadori Qahramonjon Olimov Parijda sodir bo'lgan mojaro va o'ziga nisbatan qo'yilayotgan og'ir ayblovlar yuzasidan bayonot berdi. Fedida Associes yuridik firmasi e'lon qilgan bayonotda tadbirkor o'ziga nisbatan bo'layotgan xatti-harakatlarni to'qib chiqarilgan deb atab, qo'shimcha bosimlarga duch kelayotganini ta'kidladi.
Mojaroning kelib chiqishi 2025 yilning yoziga borib taqaladi. Olimovning so'zlariga ko'ra, u Parijda o'g'irlab ketilib, Nitsa yaqinidagi qarorgohlardan birining podvalida ikki sutka davomida garovda ushlab turilgan va tovlamachilik qurboni bo'lgan. Fransuz politsiyasi olib borgan tergov harakatlari natijasida besh nafar gumonlanuvchi hibsga olingan va ularning garov evaziga ozod qilinish haqidagi barcha iltimosnomalari rad etilgan.
Shunga qaramay, 2026 yil kuzida ommaviy axborot vositalarida tadbirkorning o'zi odam o'g'irlashni tashkil etganlikda gumon qilinib, sirtdan hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. 24 sentyabr kuni Interpol bazasida qizil bildirishnoma paydo bo'lgan bo'lsa-da, 14 oktyabrga kelib bu ma'lumot ochiq manbalardan g'oyib bo'ldi. Hozirda ushbu xabarlar va qarama-qarshi da'volar jamoatchilikda jiddiy savollarni tug'dirmoqda.
Ushbu vaziyat fondida Anorbank va O'zbekiston Markaziy banki moliyaviy muassasa barqaror ishlayotganini, mijozlar oldidagi majburiyatlar to'liq bajarilayotganini ma'lum qildi. Shunga qaramay, yuzaga kelgan sharoitlar sababli Qahramonjon Olimov kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish uchun ariza bergan bo'lib, uning taqdiri oktyabr oyi oxiridagi yig'ilishda hal qilinishi kutilmoqda.
Source: podrobno.uz