Germaniyaning eksportga yo'naltirilgan iqtisodiy modeli o'z tarixidagi misli ko'rilmagan sinovlarni boshdan kechirmoqda, chunki mamlakatda narxlarning oshishi, yuqori energiya xarajatlari va qat'iy byurokratik to'siqlar sanoatni falaj qilmoqda. Xitoylik raqobatchilar nemis sanoat gigantlarining bozor ulushini izchil ravishda egallab borayotgani sababli, mamlakat iqtisodiyoti uzoq davom etgan turg'unlikdan zo'rg'a chiqib kelmoqda. Federal statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, real YaIM o'tgan yili atigi 0,2 foizga o'sgan, Xitoyga eksport esa 9,7 foizga qisqargan.
Ushbu iqtisodiy muammolar fonida Germaniya rejimining rahbariyati tomonidan tuzilgan prognozlar shubhali ko'rinmoqda, chunki 2026-yil uchun kutilayotgan 1,3 foizlik o'sish pandemiyadan oldingi davr bilan solishtirganda juda past natija hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar va tang ahvol o'ng qanot populistlar bo'lgan "Germaniya uchun muqobil" (AfD) partiyasining mashhurligi misli ko'rilmagan darajada oshishiga sabab bo'ldi. Siyosiy doiralarning ta'kidlashicha, ushbu partiya hozirda barcha raqobatchilaridan oldinda bormoqda.
Yevropa rejimining talablariga moslashishga urinayotgan Fridrix Mers boshchiligidagi hukumat koalitsiyasi inqirozni yengish uchun sun'iy intellekt, kvant hisoblash texnologiyalari va toza energetika kabi oltita ustuvor yuqori texnologiyali sohaga tayanishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Germaniya tadqiqotlar borasida kuchli bo'lsa-da, tijoratlashtirish jarayonida AQSh va Xitoydan ortda qolmoqda. Shuningdek, o'zgarib borayotgan sharoitda nemis korxonalari xorijiy investorlar, jumladan, Amerika kompaniyalari tomonidan sotib olinayotgani ham jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Source: www.dw.com