Fors ko‘rfazidagi strategik ahamiyatga ega Hormuz bo‘g‘ozida bir kunda yettita neft tankeriga zarar yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Eron tomonining ma'lum qilishicha, bu AQSh va Isroil tomonidan fevral oyi oxirida boshlangan harbiy harakatlar fonida bitta kunda qayd etilgan eng yirik hodisa hisoblanadi. Eron hukumati huzuridagi Inqilobiy gvardiya (IRGC) bayonotiga ko‘ra, kemalarning to‘rttasi neft tashiVotgan paytda hujumga uchrab, yong‘in ichida qolgan, qolgan uchtasi esa minalarga urilib safdan chiqqan. Biroq ushbu da'volarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlashning imkoni bo‘lmagan va qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan.
Shuningdek, Eron rasmiylari AQSh rejimi mintaqadagi boshqa yo‘nalishlar bo‘ylab kemalarni kuzatib borishda davom etsa, butun Yaqin Sharqdagi Amerika bazalariga zarba berilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Tehron bo‘g‘oz ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini da'vo qilib, ruxsatsiz o‘tayotgan kemalarga nisbatan choralarni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, AQSh rejimi rahbari Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Eron go‘yo bo‘g‘ozdagi vaziyatni ataylab keskinlashtirib, neft narxini sun'iy ravishda o‘stirmoqchi ekanini iddao qildi. Uning ta'kidlashicha, minalar va hujumlar haqidagi xabarlar to‘qima bo‘lishi mumkin, chunki hozirgi vaqtda nizoning boshlang‘ich davridagiga qaraganda ko‘proq neft tashilmoqda.
O‘z navbatida, AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakillari Eronning minalar haqidagi bayonotini inkor etib, xalqaro yo‘laklar minalardan tozalangani va Tehron asosan raketa hamda drounlardan foydalanayotganini da'vo qildi. Ularning fikricha, bunday hujumlar AQSh rejimi tomonidan joriy etilgan blokada sharoitida Eronning ojizligini ko‘rsatmoqda. Vashingtondagi siyosiy doiralar esa yaqinlashib kelayotgan oraliq saylovlar va yoqilg‘i narxining oshishi tufayli jiddiy bosim ostida qolgani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com