Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyning Uxu shahrida «Birgalikda. Oila uchun» shiori ostida «Chery Brand Night 2026» keng ko‘lamli tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mehmonlar qatorida O‘zbekistondan kelgan delegatsiya vakillari va Chery avtomobillari egalari ham qatnashdi. Ushbu tadbir avtomobil ishlab chiqaruvchining xalqaro strategiyasida muhim qadam sifatida taqdim etildi.

Kecha Chery foydalanuvchilarining 2026-yilgi xalqaro sammiti doirasidagi asosiy voqealardan biri bo‘ldi. Tadbir davomida kompaniya turli mamlakatlardan kelgan mijozlarni bir maydonda birlashtirib, yangi modellar taqdimotini o‘tkazdi hamda brend avtomobillari kundalik hayotning bir qismiga aylangan oilalar hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekiston vakillari uchun bu xalqaro auditoriyani mamlakatdagi Chery hamjamiyati va tajribasi bilan tanishtirish imkonini berdi.

Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri Chery Uzbekistan elchisi sifatida taklif etilgan o‘zbekistonlik ijrochi Konsta’ning chiqishi bo‘ldi. San’atkor xalqaro tomoshabinlar oldida o‘zining «Insonlar» va «Sengacha» qo‘shiqlarini ijro etdi. Qayd etilishicha, Konsta ayni paytda Tiggo 8 PHEV gibrid avtomobili egasi hisoblanadi, bu esa o‘zbekistonlik mijozlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, tadbir doirasida Chery brendining turli mamlakatlardagi eng sodiq egalari taqdirlandi. Mukofotlanganlar qatorida o‘zbekistonlik Sardor Abdullayev ham bo‘lib, u kompaniyaning «Brand Trust Star Award» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Kecha davomida, shuningdek, Tiggo 7 va Tiggo X7 modellarining jahon premyeralari bo‘lib o‘tdi.

Source: kun.uz