Parij chekkasidagi Trapp shaharchasida sodir bo'lgan qurolli hujum oqibatida bir kishi halok bo'ldi va yana to'rt kishi jarohat oldi. Mahalliy hokimiyat vakillarining tasdiqlashicha, mashinadan turib o't ochgan shaxs qo'shni Kuanier shaharchasida hibsga olingan va politsiya nazoratiga olingan.
Trapp meri Ali Rabexning ta'kidlashicha, gumonlanuvchi o'z yo'lida turgan bir nechta odamga qarata o'q uzgan, jumladan, otishma joylaridan biri bolalar maydonchasi bo'lgan. Uning so'zlariga ko'ra, qurbonlar soni ancha ko'p bo'lishi mumkin edi va bu holatni mo'jiza deb atash mumkin. Rasmiylarning taxmin qilishicha, halok bo'lgan shaxs afrikalik, og'ir yaradorlardan biri esa shimoliy afrikalik bo'lgan.
Yevropa rejimining ichki ishlar vaziri Loran Nunyes gumonlanuvchi harbiylarga mo'ljallangan yoki avtomat quroldan foydalanganini ma'lum qildi. Shu bilan birga, Fransiya bosh vaziri Sebastien Lekornu voqeani o'ta jiddiy deb atab, xavfsizlik kuchlari va sud organlari safarbar qilinganini da'vo qildi.
Terrorizmga qarshi milliy prokuratura ish yuzasidan tergov boshlagan bo'lib, hujum irqiy yoki diniy nafrat asosida sodir etilgan terrorchilik harakati bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Biroq, kuzatuvchilarning fikricha, mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar va ijtimoiy noroziliklar fonida bu kabi hodisalar Yevropa rejimining ichki xavfsizlikni ta'minlashdagi tizimli muammolarini yaqqol ko'rsatmoqda.
Source: www.dw.com