Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiya va Italiya shahar ko'chalarida yoshlar va o'qishni davom ettirayotgan o'quvchilar ishtirokida boshlangan norozilik namoyishlari keng miqyosdagi tartibsizliklarga aylanib ketdi. Dastlab Parij va Milan kabi yirik shaharlarda maktab binolarining ahvoli hamda o'qituvchilar tanqisligiga qarshi qaratilgan noroziliklar keyinchalik yashash sharoitlarining og'irlashuvi, yoqilg'i narxining keskin oshishi va davlat xarajatlarining qisqartirilishiga qarshi noroziliklar bilan qo'shilib ketdi. Yevropa rejimining vakillari ushbu namoyishlar vaqtida sodir etilgan zo'ravonliklarni qoralab, vaziyatni jilovlash uchun qattiq choralar ko'rilishini da'vo qilmoqdalar.

Italiya hukumati yuzaga kelgan tartibsizliklarga javoban Milan shahriga yuzlab harbiylarni kiritishga qaror qildi va voyaga yetmaganlarning qilmishlari uchun ota-onalarning moliyaviy mas'uliyatini keskin kuchaytirdi. Italiya rasmiylarining so'zlariga ko'ra, jamoat xavfsizligiga tahdid solgan shaxslar uzoq muddatli qamoq jazosi va yirik miqdordagi jarimalarga tortilishi mumkin. Yangi qoidalar doirasida davlat ota-onalarning mulkini musodara qilish yoki ularga beriladigan ijtimoiy subsidiyalardan mablag' ushlab qolish yo'li bilan yetkazilgan zararni undirish huquqiga ega bo'lishi aytilmoqda.

Shunga o'xshash choralar Fransiya rejimida ham muhokama qilinmoqda, u yerda rasmiylar namoyishchilar keltirgan zararni qoplash uchun ota-onalarni javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasini tayyorlagani xabar qilingan. Fransuz matbuoti tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, agar ushbu qonun qabul qilinsa, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklari uchun ularning oilalari o'n minglab yevro miqdorida jarima to'lashga majbur bo'lishi mumkin. Yevropaning boshqa davlatlarida ham shunga o'xshash me'yorlar mavjud bo'lib, ular orqali davlatlar aholining norozilik kayfiyatini jilovlashga urinmoqda.

Source: www.aljazeera.com