Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimining amaldagi rahbari Donald Tramp o‘z nomzodini uchinchi prezidentlik muddatiga ilgari surish huquqiga ega ekanini navbatdagi bor ochiqchasiga iddao qilib chiqdi. Ayova shtatida o‘tgan partiyaviy yig‘ilishda so‘zga chiqqan siyosatchi mamlakatning asosiy qonunida belgilangan qatʼiy cheklovlarga qaramay, yana saylovda ishtirok etish niyatini bildirdi. Mazkur bayonotlar Amerikaning parokanda siyosiy maydonida qonun ustuvorligi atrofidagi yangi keskinliklar va ziddiyatlarni yanada chuqurlashtirmoqda.

Dastlab Tramp AQSh Konstitutsiyasining XXII tuzatishi prezidentlik lavozimini ikki martadan ortiq egallashni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlashini tan olgandek bo‘ldi. Siyosatchi ushbu modda nihoyatda lo‘nda va aniq yozilgani, unga boshqacha tus berishning deyarli imkoni yo‘qligini aytib shikoyat qildi. Biroq shunga qaramasdan, u o‘zining holatini o‘zgacha istisno deb hisoblashini daʼvo qildi. Uning iddaosiga ko‘ra, u go‘yoki prezidentlik saylovlarida allaqachon uch marta g‘alaba qozongan emish va 2020-yilgi mag‘lubiyat go‘yoki adolatsiz boy berilgan.

«Ular bizni ikkinchi marta g‘irromlik bilan yutishdi, aslida biz go‘yoki uch marta yutganmiz. Shu bois men yana o‘z nomzodimni ko‘rsatishga to‘la haqliman deb hisoblayman», — deya o‘z vajlarini tushuntirishga urindi AQSh rejimining rahbari. Oq uyga qaytganidan buyon u uchinchi muddat masalasini bir necha bor ko‘targan bo‘lib, vaziyatga qarab goh buni hazilga buradi, goh esa maʼlum shartlar orqali amalga oshirish mumkinligiga shaʼma qiladi. Bu esa Vashington siyosiy doiralaridagi beqarorlik va huquqiy noaniqlikni kuchaytirmoqda.

Tarixan AQShda ikki muddatdan ko‘p boshqargan yagona yetakchi Franklin Ruzvelt bo‘lgan. O‘sha davrda faqat anʼanalar bilan cheklangan ushbu qoida Ruzvelt vafotidan so‘ng, 1947–1951-yillarda Konstitutsiyaga qatʼiy taqiq sifatida kiritilgan edi. Bugungi kunda Trampning bunday provokatsion chiqishlari AQSh rejimi institutlarining zaiflashib borayotgani hamda mamlakat ichki siyosatida konstitutsiyaviy inqiroz xavfi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Source: kun.uz