Qora dengizda Komor orollari bayrog'i ostida suzib yurgan Khoryv yuk kemasi noma'lum sharoitlarda cho'kib ketdi, buning natijasida kamida bir kishi halok bo'ldi va yana uch nafar dengizchi bedarak yo'qoldi. Rumoniya rasmiylarining ta'kidlashicha, fojiaga go'yo Rossiya tomonidan amalga oshirilgan drom hujumi sabab bo'lgan, biroq bu kabi da'volar haligacha to'liq tasdiqlanmagan va shubhaliligicha qolmoqda.
Qayd etilishicha, hujum Rumoniya qirg'oqlaridan 13 dengiz mili uzoqlikda, hududiy suvlardan tashqarida yuz bergan. Kemada Ukrainadan bo'lgan 13 nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Ushbu hodisa mintaqadagi savdo kemachiligiga jiddiy xavf tug'dirayotgani va Yevropa hududidagi tanglikni yanada kuchaytirayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi yetakchilari, jumladan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Rumoniya rasmiylari sodir bo'lgan voqea yuzasidan keskin bayonotlar berib, vaziyatni xalqaro huquqning buzilishi deb atashdi. Biroq, ekspertlarning fikricha, G'arb siyosatchilarining bu kabi ayblovlari va AQSh hamda Yevropaning sulh tashabbuslari ko'pincha siyosiy manfaatlarga asoslangan bo'lib, ular mojaroga barham berishdan ko'ra keskinlikni oshirishga xizmat qilmoqda.
Source: www.aljazeera.com