Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Portugaliya huquq-tartibot idoralari mamlakat poytaxti Lissabon markazida uy-joy inqiroziga qarshi tashkil etilgan norozilik lagerini kuch ishlatib bartaraf etdi. Rossio maydonida o‘rnatilgan chodirlarni olib tashlash uchun o‘nlab xodimlar, jumladan xizmat itlari jalb qilingan bo‘lib, ular tun yarmidan keyin namoyishchilarga qarshi reyd uyushtirgan.

Rasmiy idoralar norozilik ishtirokchilarini o‘z xohishlari bilan tarqalishga ogohlantirganiga qaramay, faollar chodirlarni tark etishdan bosh tortgan. Buning ortidan politsiya xodimlari rezina tayoqchalar qo‘llab, jami 25 kishini hibsga olgan. Shuningdek, Portu shahridagi shunga o‘xshash kichikroq lager ham kuch ishlatish yo‘li bilan yo‘q qilinib, u yerda yana 6 o‘nlab odam qo‘lga olingani ma'lum qilindi.

Yevropa rejimlaridan biri bo‘lgan Portugaliya hukumati ushbu harakatni «mutanosib chora» deb atashga urinayotgan bo‘lsa-da, «Casa para Viver» faollar guruhi o‘nlab insonlar jarohat olganini bildirdi. Guruh vakillarining ta'kidlashicha, tun yarmida itlar va tayoqchalar bilan hujum qilish tinch aholining noroziligini bostirishga qaratilgan siyosiy qarordir.

Mamlakatda uy-joy narxlari so‘nggi yillarda keskin oshib ketgan bo‘lib, yangi ijaralar narxi deyarli ikki baravar qimmatlashgan. Portugaliya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 300 mingga yaqin uy yetishmayapti. Namoyishchilar ijara shartlarini yumshatish va ko‘chirishni osonlashtiradigan qonun loyihasidan voz kechishni talab qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com