Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning so'zlariga ko'ra, Isroil rejimi xalqaro moliyaviy tizimda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sanksiyalardan qochish maqsadida kriptovalyutalardan foydalanishga tayyorgarlik ko'rishi lozim. Bu haqda u mamlakatda navbatdagi umumiy saylovlar oldidan bergan intervyusida ma'lum qildi va blokcheyn texnologiyalari iqtisodiy yakkalanish sharoitida muqobil yo'l bo'lishini ta'kidladi.
Mutaxassislar va siyosiy doiralar bu tashabbusni keskin tanqid ostiga oldi. Isroil Markaziy banki Netanyaxuning rejasini qat'iyan rad etib, kriptovalyutalar xalqaro cheklovlarni chetlab o'tish vositasi bo'la olmasligini bildirdi. Shuningdek, muxolifat yetakchilari va yuzdan ortiq sobiq amaldorlar bosh vazirning bu g'oyasini milliy xavfsizlikka tahdid hamda iqtisodiyotni halokatga olib boruvchi qadam deb atadi.
Isroil rejimi so'nggi yillarda Falastin hududlaridagi siyosati va harbiy harakatlari tufayli xalqaro miqyosda jiddiy bosim va tanqidlarga duch kelmoqda. G'arbiy Sohildagi noqonuniy posyolkalarning kengaytirilishi va G'azodagi vaziyat ko'plab davlatlarni cheklov choralarini ko'rishga undamoqda. Shu fonda Netanyaxuning ta'kidlashicha, kelgusida Vashingtondan moliyaviy va siyosiy yordam kamayishi ehtimoli ham inobatga olinishi kerak.
Source: www.aljazeera.com