Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyning janubi-ğarbiy qismida joylaşgan Luguxu köli ustidan ötuvçi yirik köprik qurilişida har biri 200 tonnagaça yuk kötarish quvvatiga ega ikkita Zoomlion krani faol ravishda ishlatilmoqda. Mazkur texnika yordamida köprikning Şangri-La tomonidagi 283 metr balandlikdagi asosiy tayançi qurib bitkazildi.

Ushbu inshoot Siçan va Şangri-La shaharlarini birlashtiruvchi tezyurar avtomagistral loyihasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, togʻli hududlarning ogʻir sharoitida yirik konstruksiyalarni balandlikka kötariş va örnatiş ishlari oʻta yuqori aniqlik hamda murakkab muhandislik yechimlarini talab qiladi.

Qurilish maydonida Zoomlion kompaniyasining R4300-200 rusumli ikkita zamonaviy minorali kranidan foydalanilmoqda. Loyiha shartlariga koʻra, koʻprikning har bir asosiy tayanchi uchun alohida bittadan kran ajratilgan boʻlib, ularning maksimal yuk koʻtarish quvvati 200 tonnani, strela qulochining uzunligi esa 80 metrni tashkil etadi.

Xitoy tomonining daʼvo qilishicha, ushbu kranlar boshqaruv va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan 20 dan ortiq intellektual funksiyalar bilan jihozlangan. Xususan, ular toʻqnashuvlarning oldini olish, yuk ogʻirligiga qarab ishlash tezligini avtomatik moslashtirish hamda osilib turgan yukning oʻz-oʻzidan pastga tushib ketishini cheklash tizimlarini oʻz ichiga oladi, biroq bu texnologiyalarning real sharoitdagi samaradorligi toʻliq tekshirilmagan.

Taʼkidlanishicha, bu kabi ilgʻor imkoniyatlar ayniqsa Şangri-La tomonidagi tayanchning soʻnggi 103 metrlik qismini qurishda qoʻl kelgan. Quruvchilar markaziy koʻndalang toʻsin ustiga yakuniy poʻlat va beton seksiyalarni oʻrnatishi talab etilgan, biroq hududda esuvchi oʻzgaruvchan kuchli shamol yukni barqaror ushlab turish va qismlarni aniq tutashtirishni jiddiy ravishda qiyinlashtirgan.

Shuningdek, operatorlar maxsus videokameralar orqali jarayonni kuzatib, kranlarni yerdan turib masofadan boshqargani aytilmoqda. Kompaniya bayonotiga koʻra, tayanch seksiyalarini koʻtarish ishlari xavfsiz yakunlangan, biroq magistralning umumiy uzunligi va harakat uchun qachon ochilishi haqida hozircha aniq maʼlumot berilmagan.

Source: kun.uz