Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Internet tarmog'i orqali buyurtma qilingan mahsulotlar kutilgan natijani bermaganda yoki nuqsonli bo'lib chiqqanda iste'molchilar qanday huquqlarga ega ekanligi yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Unga ko'ra, xaridorlar tovarni almashtirish yoki sarflangan mablag'ni qaytarib olishni talab qilishga haqlidir.

Agar yetkazib berilgan mahsulot e'londagi tavsifga yoki taqdim etilgan namunaga mutlaqo mos kelmasa, shuningdek nuqsonli bo'lsa, fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda uni almashtirish, bepul tuzatish yoki to'langan pulni to'liq qaytarib olishni talab qilishi mumkin. Bunda nuqsonli tovarlarni almashtirish muddati 7 kunni, qo'shimcha tekshiruv talab etilganda 20 kunni, agar ayni shunday mahsulot mavjud bo'lmasa, 1 oygacha bo'lgan davrni tashkil etishi belgilangan.

Shuningdek, mahsulot sifati yaxshi bo'lishiga qaramay, uning o'lchami yoki rangi mos kelmagan taqdirda ham uni 10 kun ichida almashtirish imkoniyati mavjud. Agar sotuvchida kerakli o'lchamdagi tovar topilmasa, xaridorning puli to'liq qaytarib berilishi lozim. Biroq, qonunchilikka ko'ra, kosmetika vositalari va mebel kabi ayrim tovarlar turlari sifatli bo'lgan taqdirda ularni qaytarib yoki almashtirib bo'lmasligi ham eslatib o'tildi.

Source: kun.uz