Dubayning Dubai Gold District savdo hududida 2026-yil oxiriga qadar dunyodagi ilk va eng uzun oltin piyodalar yölagini oçiş rejalaştirilmoqda. Loyiha tashabbuskorlarining taʼkidlashicha, mazkur infratuzilma obyekti global miqyosdagi noyob loyihalardan biri boʻlishi kutilmoqda.
Dubai Gold District tijorat yönalişi böyiça katta direktori Raşid al-Hamudiyning Emarat Al Youm naşriga bergan bayonotiga köra, obyektni kelgusi ikki oy ichida ishga tushirish közdada tutilgan. Ushbu tashabbus savdo hududiga koʻproq sayyohlarni jalb etish hamda Dubayning jahon oltin savdosi markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.
Biroq, tarqatilgan xabarlarda loyihaning aniq uzunligi, uning konstruksiyasida qancha qimmatbaho metall ishlatilishi va boshqa muhim texnik tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Shunga qaramay, al-Hamudiy savdo hududida yangi koʻrgazma majmuasini tashkil etish rejasi haqida ham maʼlumot berib, u Yaqin Sharqdagi eng yirik zargarlik maydoniga aylanishini daʼvo qildi.
Hozirgi vaqtda hudud infratuzilmasi jadal kengaytirilmoqda, chunki xalqaro zargarlik kompaniyalarining talabi ortib borayotgani aytilmoqda. Masʼullarning prognozlariga koʻra, 2027-yil davomida ushbu hududga oʻz faoliyatini koʻchirayotgan kompaniyalar soni sezilarli darajada oshishi mumkin.
Source: kun.uz