Yaman davlatining uchinchi yirik shahri bo'lgan Taizda qattiq qamal va transport yo'llarining yopilishi millionlab tinch aholining hayotini izdan chiqardi. Mahalliy aholi vakili, to'rt nafar farzandning otasi bo'lgan 39 yoshli Yusuf Farhonning aytishicha, uning oilasi kun bo'yi faqat guruch yoki loviya iste'mol qilishga majbur bo'lmoqda. Avvallari maktab oldida bodring sotib kichik daromad topgan erkak, o'quv maskani o'qqa tutilishi va qamal tufayli ishdan mahrum bo'lganini iddao qilmoqda.
Shahar oktyabr oyining boshidan buyon barcha quruqlik yo'laklaridan mahrum bo'lib, butkul uzilib qolgan. Husiylar al-Turbah shahrini egallab olgach, asosiy ta'minot arteriyasi hisoblangan Taiz-Al-Turbah-Aden yo'li yopildi. O'z navbatida, xalqaro miqyosda tan olingan hukumat kuchlari ham xavfsizlik bahonasida sharqiy o'tish joylarini to'sib qo'ydi. BMT ogohlantirishicha, yo'llarning yopilishi oziq-ovqat va yoqilg'i yetkazib berishni to'xtatib qo'ygan.
Yoqilg'i taqchilligi shahar infratuzilmasiga jiddiy zarba berdi. Benzinn narxi to'rt baravarga oshib, 20 litri 120 000 riyolga yetdi, oshxona gazi esa deyarli to'rt baravarga qimmatlashdi. Natijada aholi ovqat pishirish uchun o'tin yoqishga o'tishga majbur bo'lmoqda, suv ta'minoti va tibbiy muassasalar faoliyati ham falaj ahvoga kelib qolgan.
Og'ir kasallikka chalingan fuqarolar ham ushbu inqirozning qurboniga aylanmoqda. Masalan, buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekuvchi 55 yoshli Fotima Xolid qimmatbaho yo'lkira va yashash sharoiti yo'qligi sababli shifoxona bo'limining polida yashashga majbur bo'lmoqda. Jahon sog'ni saqlash tashkiloti Taizdagi o'nlab tibbiyot muassasalari dori-darmon va kislorod tanqisligidan aziyat chekayotganini ma'lum qildi.
Source: www.aljazeera.com