Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahri va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida drenaj tizimini yaxshilash uchun 400 million dollarlik investitsiyaviy bitim imzolandi. Bitim Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida imzolangan.

Forum doirasida Toshkent shahri uchun umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan investitsiyaviy va eksport kelishuvlariga erishilgan. Investitsiyaviy loyihalar 3 milliard 350 million dollarni, eksport shartnomalari esa 156 million dollarni tashkil etadi.

Moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va davlat kafolatlaridan foydalanmagan holda, EPC+F modeli asosida xitoylik hamkorlar tomonidan jalb qilinishi rejalashtirilmoqda. To‘lovlar uzoq muddatli istiqbolda shahar budjetining yangi daromad manbalarini shakllantirish hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Xitoyning Jwise, Zhongke Honghu, CAS Cloud va UMGG texnologik hamda sanoat kompaniyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida umumiy qiymati 130 million dollarga teng investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan.

Shuningdek, forum doirasida bir qator eksport shartnomalari imzolandi. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabrida Toshkent uchun drenaj tizimi bo‘yicha master-reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 150 km yopiq drenaj tarmog‘ini barpo etish, 197 km kanal va kollektorlarni ta’mirlash hamda 63 km yangi kanal qurish rejalashtirilgan.

Source: www.gazeta.uz